Milliy standartlar tibbiyot tashkilotlari faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqilgan Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash Milliy standartlari Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan rasman tasdiqlandi.
Milliy standartlar tibbiyot tashkilotlari faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi, jumladan:
— yetakchilik va boshqaruv tizimi;
— bino va jihozlarning xavfsizligi;
— infeksion nazorat va epidemiologik xavfsizlik;
— klinik amaliyot va davolash jarayonlari;
— dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ishlash;
— bemorlar huquqlarini taʼminlash;
— texnik tayyorgarlik va kadrlar boshqaruvi.
Milliy standartlar – bu tibbiyot tashkilotlarining faoliyatini baholashda asosiy mezon bo‘lib, ularning sifat, xavfsizlik va samaradorlik darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
Milliy standartlarning joriy etilishi sog‘liqni saqlash tizimining barqarorligi, sifatli xizmat ko‘rsatish va xalqaro tan olinishi yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.